1

Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi e`lon qilinganining 100 yilligi bilan Erdog`anga tabrik yo`lladi

Siyosat 29.10.2023, 12:36
Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi e`lon qilinganining 100 yilligi bilan Erdog`anga tabrik yo`lladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e`lon qilingan kunning 100 yilligi munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog`anga tabrik yo`lladi.

Maktubda xalqlarimiz o`rtasidagi umumiy til, mushtarak urf-odatlar, o`zaro hurmat va hamjihatlik tamoyillariga asoslangan keng qamrovli strategik sheriklik aloqalari so`nggi yillarda sifat jihatidan yuksak bosqichga ko`tarilib, munosabatlarimizdagi yangi tarixiy davrni boshlab bergani katta mamnuniyat bilan ta`kidlangan.

"Nasib etsa, Siz bilan birgalikda xalqlarimizning umumiy ravnaqini ta`minlash yo`lida kelishib olgan barcha yirik loyiha va aniq dasturlarni to`liq amalga oshiramiz hamda ko`zlagan ulkan marralarimizga albatta erishamiz", - deyiladi jumladan qutlovda.

Davlatimiz rahbari Turkiya etakchisi va oila a`zolariga sihat-salomatlik, farovonlik va baxt-saodat, mas`uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi zafarlar, qardosh turk xalqiga esa tinchlik-omonlik, bardavom taraqqiyot va yuksalishlar yor bo`lishini tiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1