1

Jamshid Xodjaev boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Kobulga bordi

Siyosat 29.10.2023, 19:56
Jamshid Xodjaev boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Kobulga bordi

O`zbekistonning savdo-iqtisodiy delegasiyasi Kobulga tashrif buyurdi. Bu haqda Tolibon harakatining sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari Jamshid Xodjaev delegasiyaga boshchilik qilmoqda. Tashrifdan maqsad o`zaro savdoni rivojlantirish, ikki davlat o`rtasidagi tranzit muammolariga echim topish va Kobulda O`zbekiston tovarlari ko`rgazmasini ochishdan iborat. Delegasiyani aeroportda “Tolibon” savdo vaziri Nuriddin Aziziy kutib olgan.

Delegasiya tarkibida O`zbekiston prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, transport vaziri Ilhom Mahkamov, qishloq xo`jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov va boshqa amaldorlar bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1