1

Ertaga Makron rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keladi

Siyosat 31.10.2023, 22:21
Ertaga Makron rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keladi

Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron 1-2 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo`lib o`tadi, ularda O`zbekiston bilan Fransiya o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqiladi.

Savdo-iqtisodiyot, innovasiya, investisiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e`tibor markazida bo`ladi.

O`zbekiston va Fransiya rahbarlari ikki mamlakatning etakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qo`shma biznes forumi ishida ham ishtirok etadilar.

Sammit yakunida bir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda savdo-investisiyaviy kelishuvlar to`plamini qabul qilish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1