AsosiySiyosat

Prezident Administrasiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

'Prezident Administrasiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasida qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Jumladan:

Gayratulla Xabibullaevich Yoziev - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Gayratulla Yoziev O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o`rinbosari lavozimida ishlagan.

Kaxraman Ramatullaevich Sariev - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Kaxraman Sariev O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan.

Ulug`bek Islomovich Muxammadiev - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ulug`bek Muxammadiev O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimida ishlagan.

Umar Sapaevich Ismailov - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Umar Ismailov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar