1

Fransiya Prezidentini Samarqandda Aripov kutib oldi

Siyosat 01.11.2023, 21:31
Fransiya Prezidentini Samarqandda Aripov kutib oldi

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda "O`zA" xabar bermoqda.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.  

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo`lib o`tadi, ularda O`zbekiston bilan Fransiya o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqiladi.  

Savdo-iqtisodiyot, innovasiya, investisiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e`tibor markazida bo`ladi.  

O`zbekiston va Fransiya rahbarlari ikki mamlakatning etakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qo`shma biznes forumi ishida ham ishtirok etadilar.  

Sammit yakunida bir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda savdo-investisiyaviy kelishuvlar to`plamini qabul qilish ko`zda tutilgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1