1

Shavkat Mirziyoev 2-3 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Qozog`istonda bo`ladi

Siyosat 02.11.2023, 08:35
Shavkat Mirziyoev  2-3 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Qozog`istonda bo`ladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan 2-3 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo`ladi.

Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investisiya, transport-kommunikasiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o`rin olgan.

Delegasiyalar rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Tadbirlar yakunida qator qo`shma hujjatlar qabul qilinishi ko`zda tutilgan.

Ta`kidlash joizki, joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O`zbekiston Respublikasi raislik qilmoqda. Ko`p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 100 dan ortiq muhim tadbir o`tkazildi.

Tashkilotga O`zbekiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi. Qozog`iston Respublikasi, Qirg`iz Respublikasi va Turkiya Respublikasi a`zo, Vengriya va Turkmaniston tashkilotda kuzatuvchilardir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1