AsosiyJamiyat

Samarqand viloyatida ham ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo`yicha yangi tariflar tasdiqlandi

'Samarqand viloyatida ham ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo`yicha yangi tariflar tasdiqlandi'ning rasmi

Samarqand viloyatida ham ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo`yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda “O`zsuvta`minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, 2023 yilning 16 noyabridan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo`llaniladi:

Ichimlik suvi:

  • aholi uchun 1 m3 — 2500 so`m;
  • byudjet tashkilotlari uchun 1 m3 — 5700 so`m;
  • ulgurji iste`molchilar uchun 1 m3 — 5 700 so`m.

Oqova suv xizmati uchun:

  • aholi uchun 1 m3 — 1600 so`m;
  • byudjet tashkilotlari uchun 1 m3 — 4200 so`m;
  • ulgurji iste`molchilar uchun 1 m3 — 4300 so`m.

Qayd etilishicha, kelgusi 5 yilda viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta`minlanish darajasi 73,1 foizdan 92,5 foizga, kanalizasiya xizmati qamrovi 18,7 foizdan 45,1 foizga etkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 2,3540 trillion so`m evaziga, 4361,20 ming kilometr ichimlik suvi va 472,9 kilometr kanalizasiya tarmog`i, shuningdek, 432 ta suv va 45 ta kanalizasiya inshootlari barpo etilishi belgilangan.

Bundan tashqari ish haqi, elektr-energiya, soliq to`lovlari, xorijiy kreditlar to`lovi amalga oshirilgan bo`lib, joriy va kapital ta`mirlash, tizimni modernizasiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi.

Eslatib o`tamiz, Avvalroq, Toshkent shahri Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazmda ham ichimlik suvi va oqova xizmatlari narxi oshirilishi haqida xabar bergan edik. 

    Boshqa yangiliklar