Shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta`minotidan foydalanuvchi iste`molchilarni issiqlik bilan ta`minlash maqsadida, 3 noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabar bermoqda.
Muvofiq ravishda, 6 noyabrdan boshlab ijtimoiy soha ob`ektlari va ko`p xonadonli turar-joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta`minlash ishlari boshlanadi.
Turar-joyingizda yoki rahbarlik qilayotgan muassasangizda issiqlik ta`minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklar aniqlasa yoki issiqlik etkazib beruvchi tashkilot, XUJMSh va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to`laqonli amalga oshirilmayotgan bo`lsa 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga yoki bo`lmasam ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga murojaat qilishingiz so`raladi.






