AsosiyJamiyat

Andijon viloyati hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Andijon viloyati hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari etib Komilov Komiljon Sobirovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Komiljon Komilov 1980 yilda Oltinko`l tumanida tug`ilgan. 2000 yilda Andijon qishloq xo`jaligi institutini hamda 2002 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini o`qituvchilikdan boshlab, ta`lim sohasida bir qancha rahbar lavozimlarida ishlagan. 

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalari instituti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar