AsosiyDunyo

Rossiya ayollarni Ukrainadagi urushga jalb qilmoqda

'Rossiya ayollarni Ukrainadagi urushga jalb qilmoqda'ning rasmi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, Rossiya Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashish uchun ayollarni faol ravishda jalb qila boshlagan.

Razvedka ma`lumotlarida davlat nazorati ostidagi xususiy harbiy kompaniya "Redut" ayollarni ko`ngillilar bataloniga snayperlar otryadi va dron operatorlari sifatida yollayotgani qayd etilgan.

Xususan, mamlakat savdo korxonalari xavfsizligini ta`minlash bilan shug`ullanadigan "Redut" 2022 yilda to`liq miqyosli bosqinning boshida Ukrainaga joylashtirilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, uning yollanma askarlari - asosan Rossiyaning sobiq maxsus kuchlari va "Vagner PMC" askarlari - urushning birinchi kunlarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasd qilish operasiyasida qatnashgan.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bayonotiga tayanib, hozirda Ukrainadagi jangovar harakatlarda 1100 nafar ayol ishtirok etayotganini ma`lum qildi. Bu Rossiya qurolli kuchlari sonining 0,3 foizini tashkil qiladi. Shu bilan birga, ayollar harbiy xizmatchilarning aksariyati tibbiy va oziq-ovqat ta`minoti bilan shug`ullanadi.

Rossiya armiyasi, ko`plab manbalarga ko`ra, Ukrainadagi 20 oylik mojaro davomida katta yo`qotishlarga uchragan va o`z saflarini to`ldirish yo`llarini qidirayotgan bo`lishi mumkin.

Ukraina qurolli kuchlariga kelsak, ayollar hali ham jangovar pozisiyalarning juda kichik qismini egallaydi. Ammo Ikkinchi jahon urushi yillarida Sovet armiyasida mavjud bo`lgan, yuz minglab minomyotchi ayollar, pulemyotchilar, snayperlar, radio operatorlari va boshqalar frontda jang qilgan an`anani unutmasligimiz kerak, deb ta`kidlaydi Britaniya Mudofaa vazirligi.

 

    Boshqa yangiliklar