Ma`lum qilinishicha, harorat pasayishi arafasida Toshkent aeroportining uchib kelish hududida kutib oluvchilar uchun pavilion qurilishi yakunlangan.
Bugun, 2 noyabr kuni kutib oluvchilar uchun kutish zali ochildi. Umumiy maydoni 500 kv.m bo`lgan alohida pavilion xalqaro aeroportning uchib kelish zali yonidagi P2 avtoturargohida joylashgan. Ushbu pavilionda kutib oluvchilar uchun o`rindiqlar mavjud bo`lib, yaqin kunlarda kafe va gul do`koni ochilgan hamda savdo avtomatlari, bankomatlar, mobil qurilmalar uchun zaryadlash punktlari o`rnatiladi.
Aytilishicha, qurilgan pavilion vaqtinchalik echim hisoblanadi. Ayni paytda mavjud terminalni kengaytirish loyihasini ishlab chiqish yakuniy bosqichda bo`lib, u erda kutib oluvchi va kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi.






