O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo`nab ketdi.
Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investisiya, transport-kommunikasiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o`rin olgan.
Joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O`zbekiston Respublikasi raislik qilmoqda.






