Rossiyaning Moskva shahrida 2003 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi ko`p qavatli uyning 6-qavatidan yiqilib, omon qoldi. Ma`lumotlarga ko`ra, voqea 3 noyabr kuni sodir bo`lgan. 20 yoshli qiz soat 23: 21 da shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga bosh miya yopiq jarohati, og`ir miya kontuziyasi, qorin bo`shlig`ida qon ketishi, chap elka bo`yni sinishi va ko`krak qafasining to`mtoq jarohati tashxisi qo`yilgan.
Tekshiruvdan so`ng u reanimasiyaga bo`limiga yotqizilgan. Bu o`z joniga qasd qilishga urinish bo`lishi mumkin. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.






