AsosiyJamiyat

Sirdaryoda Kadastr agentligining tuman bo`limi boshlig`i pora bilan qo`lga olindi

'Sirdaryoda Kadastr agentligining tuman bo`limi boshlig`i pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilgan.

Unda «B.B.» ixtisoslashgan savdo kompleksi MChJ direktori o`rinbosari F.K. fuqaro S.K.ga MChJ balansida yangi qurilgan engil konstruksiyali savdo do`konini tanishlari yordamida olib berishi evaziga 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Mirzaobod tuman bo`limi va DXX xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Kadastr agentligining Oqoltin tuman bo`limi boshlig`i S.R. tadbirkor D.T.ning engil tipdagi savdo do`konining kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida 1 200 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 500 AQSh dollari va 1,2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar