Rossiya G`azo sektori aholisi uchun 5 noyabr kuni gumanitar yordam yubordi. Bu haqda mamlakat FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, jami 60 tonna gumanitar yordam yuklangan ikkita maxsus bort Misr aeroportiga uchib ketgan. U erda gumanitar yordam Misr Qizil yarim oy jamiyati vakillariga beriladi. Ular esa G`azo sektori aholisiga yo`naltiradi.
Gumanitar yordam oziq-ovqatlar, matraslar, yostiqlar va shaxsiy gigiena vositalaridan iborat.
Bu mintaqadagi vaziyat keslinlashganidan so`ng G`azo sektoriga yuborilayotgan gumanitar yordamning uchinchi partiyasidir.