1

8-9 noyabr kunlari Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bo`lib o`tadi

Siyosat 06.11.2023, 10:04
8-9 noyabr kunlari Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bo`lib o`tadi

8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o`n oltinchi sammiti bo`lib o`tadi.

Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko`p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko`rib chiqiladi.

Sammit dasturi doirasida O`zbekiston etakchisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.

Ta`kidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985 yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.

O`zbekiston Respublikasi 1992 yildan boshlab IHT a`zosidir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1