1

Havo ifloslanishi qandli diabetga sabab bo`lishi mumkin

Salomatlik 07.11.2023, 20:11
Havo ifloslanishi qandli diabetga sabab bo`lishi mumkin

Olimlar ekologik noqulay hududlarda yashovchi odamlarda qandli diabetning ikkinchi turi rivojlanish xavfi ortishini aniqladi.

Tadqiqot Hindistonning Dehli va Chennay shaharlarida o`tkazildi. Bu hududlar havosida qon oqimiga kirishi mumkin bo`lgan mikroskopik PM2.5 zarrachalari miqdori oshgan.

Ilgari bu zarralarning nafas olish va yurak-qon tomir kasalliklari yuzaga kelishi bilan bog`liqligi aniqlangandi.

O`rganishlar chog`ida PM2.5 ning o`rtacha yillik darajasi Dehlida 82-100 mkg/m3, Chennayda esa 30-40 mkg/m3 miqdorni tashkil etgan. Vaholanki. JSST tavsiyasiga ko`ra, bu ko`rsatkich 5 mkg/m3 gacha bo`lishi kerak.

Olimlar etti yil davomida 12 ming erkak va ayoldan iborat guruhni kuzatdi. Ularning qondagi qand miqdori muntazam tekshirib turilgan va bu odamlar yashaydigan hududlarda havo sifati nazorat qilingan.

Natijalar shuni ko`rsatdiki, atigi bir oy ichida yuqori darajadagi PM2.5 havosi bilan nafas olish qondagi qand miqdorini oshiradi va bu jarayonning bir yil yoki undan ko`proq davom etishi diabetga olib kelishi mumkin.

Har bir ortiqcha 10 mkg/m3 qandli diabetning rivojlanish xavfini 22 foizga oshiradi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Hindiston aholisining 11,4 foizi qandli diabetdan aziyat chekadi. Bundan tashqari, kasallikka chalinganlar shaharlarda qishloq joylarga nisbatan ko`proq uchraydi.

PM2.5 tarkibida sulfatlar, nitratlar, og`ir metallar mavjud. Bu moddalar endokrin tizimi faoliyatini izdan chiqarib, insulin ishlab chiqarishga xalaqit beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1