AsosiyJamiyat

Sadir Japarov Toshkentga etib keldi

'Sadir Japarov Toshkentga etib keldi'ning rasmi

Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi Aygul Japarova hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o`n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh vazir Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan so`ng, Oliy martabali mehmon o`zi uchun ajratilgan qarorgohga jo`nab ketdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida o`tadigan IHT samitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov va Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar poytaxtimizga etib kelgan.
 

    Boshqa yangiliklar