1

Tashrif davom etmoqda: Serdar Berdimuhamedov kutib olindi

Siyosat 09.11.2023, 09:58
Tashrif davom etmoqda: Serdar Berdimuhamedov kutib olindi

Yirik xalqaro tadbir - Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida qatnashish uchun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham O`zbekistonga tashrif buyurdi.

Toshkent xalqaro aeroportida uni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so`ng, Oliy martabali mehmon o`zi uchun ajratilgan qarorgohga jo`nab ketdi.

Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tadigan mazkur sammitda ishtirok etish uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an, Qozog`iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar O`zbekistonga etib kelgani xabar qilingan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1