1

O`zbekiston va Eron Prezidentlari hamkorlikni yanada kengaytirish yo`llarini muhokama qildilar

Siyosat 09.11.2023, 10:30
O`zbekiston va Eron Prezidentlari hamkorlikni yanada kengaytirish yo`llarini muhokama qildilar

Poytaxtda o`tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida 9 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

O`zbekiston-Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investisiyalar, innovasiyalar va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O`zaro muloqotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki tomonlama savdoda o`sish sur`ati saqlanib qolmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperasiya loyihalari birgalikda amalga oshirilmoqda.

Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to`liq ro`yobga chiqarish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Sanoat kooperasiyasi va mahalliylashtirish, qishloq xo`jaligi, logistikada o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi ta`kidlandi.

O`zbekiston va Eron rahbarlari madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirish muhimligini ko`rsatib o`tdilar.

Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan Afg`onistondagi bugungi vaziyat nuqtai nazaridan ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1