1

Neymarning sevgilisi va qizini o`g`rilamoqchi bo`lishdi

Sport 09.11.2023, 13:42
Neymarning sevgilisi va qizini o`g`rilamoqchi bo`lishdi

Braziliyada bosqinchilar "Al-Hilol" hujumchisi Neymarning sevgilisi Bruna Byankardi va ularning chaqalog`ini o`g`rilashga urindi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Manbaga ko`ra, bosqinchilar tungi soat uchlarda Kotiya shahrida Byankining onasi yashaydigan xonadonga bostirib kirgan. Ular umumiy summasi 120 ming dollar bo`lgan narsalarni olib ketgan.

Bundan tashqari, bosqinchilar uy bekasidan qizi Bruna Byanki va uning chaqalog`i qaerda yashashini aniqlashga uringan. Polisiya vakillari bosqinchilardan birini ushladi. U 19 yoshi mahalliy yigit bo`lib chiqdi.

Keyinroq Neymar sevgilisi Byankardi va qizi sog`-salomat ekanligi haqida post qo`ydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1