“O`zgidromet” joriy hafta oxiri, 10—12 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 10 noyabr, juma kuni O`zbekiston bo`yicha havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuniga kelib, kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida, kechga tomon esa Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni faqat kechasi va ertalab Farg`ona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatining ba`zi joylarida yomg`ir yog`adi.
10—12 noyabr kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Tog`oldi va tog`li hududlarda 11 noyabr va 12 noyabrda kechga tomon yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, Toshkent viloyatida ba`zi joylarida kuchli bo`ladi.
Juma va dam olish kunlari havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`lishi saqlanib turadi.
Toshkentda 10 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 11 noyabrda kechga tomon yomg`ir yog`adi. 12 noyabrda kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kungi harorat juma va shanba kuni harorat 16-18 daraja iliq, yakshanba kuni esa 13-15 daraja iliq, kechasi 4-7 daraja iliq atrofida bo`ladi.
Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 11 noyabrda 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.






