4 dekabrdan boshlab “O`zbekiston havo yo`llari” Xabarovsk xalqaro aeroportidan Toshkentga to`g`ridan-to`g`ri muntazam reyslarni yo`lga qo`yadi.
Jadvalga ko`ra, Xabarovskdan Toshkentga haftada bir marta – dushanba kunlari borish mumkin bo`ladi.
Xabarovskdan uchish 23.20 ga belgilangan, qaytish reysi Toshkentdan 21.20 da keladi.
O`zbekiston poytaxtiga uchish vaqti taxminan 7 soatni tashkil qiladi.
Xabarovskdan yo`lovchilar o`z manzillariga biznes-klassda 16 o`rin va ekonom-klassda 172 o`rinli salonga ega Airbus A321 samolyotida etkaziladi. Parvoz davomida yo`lovchilarga salqin va issiq ichimliklar, shuningdek, ovqatlanish taklif etiladi.
Rossiyaliklar O`zbekistonning asosiy aeroporti Evropa va Shimoliy Amerika mamlakatlariga qulay transferlarni taklif etadi, deya baholashmoqda.






