Arab davlatlari ligasi (LAS) va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) davlatlari G`azo sektoridagi mojaroda Isroilni aybladi. Bu haqda Arab Ligasi va IHT mamlakatlari qo`shma sammitining yakuniy rezolyusiyasi loyihasida aytilgan.
“Biz Isroilning G`azo sektoriga bo`lgan tajovuzini qoralaymiz va anklavdagi urush o`zini-o`zi mudofaa sifatida tasniflanishi mumkinligini inkor qilamiz. Biz G`azodagi urush uchun hech qanday oqlanishni qabul qilmaymiz. Biz hozirgi mojaro uchun Isroil tomonini to`liq javobgar deb hisoblaymiz”, — deyiladi taklif qilingan rezolyusiyadan parchada.
Arab Ligasi va IHT davlatlari xalqaro hamjamiyatdan G`azo sektoridagi harbiy jinoyatlarni tergov qilishni talab qiladi. Ular, shuningdek, Falastin anklavidagi vaziyat bo`yicha xalqaro tinchlik konferensiyasi o`tkazishga chaqirmoqda.
Arab Ligasi va IHT davlatlari ham falastinliklarni qo`llab-quvvatlash uchun moliyaviy xavfsizlik tizimini yaratish bo`yicha kelishuvga erishgan.






