Qo`shma Shtatlarda Xitoy va dunyodagi eng yirik bank bo`linmasi Xitoy sanoat va tijorat banki (ICBC) to`lov talabi bilan hujumga uchradi.
Ma`lumotlarga ko`ra, xakerlar bank tizimlarini shifrlab, ularni qulfdan chiqarish uchun to`lov talab qilgan, bu esa AQSh davlat obligasiyalari bilan operasiyalarni to`xtatgan.
Qayd etilishicha, hodisaga qaramay, ICBC davlat obligasiyalari va repo moliyalashtirish operasiyalarini muvaffaqiyatli qayta ishlagan va hujumning bozorga ta`siri cheklangan.
Mutaxassislarning fikricha, ICBCiga qilingan hujum ortida Lockbit guruhi turibdi. Bu hujum regulyatorlarni moliya bozoridagi kiberxavfsizlikka jiddiy e`tibor qaratishlariga sabab bo`lishi aytilmoqda.






