1

10 kunda iste`molchilar tomonidan 14 mlrd 898 mln so`mlik elektr va gaz o`g`irlandi

Jinoyat 12.11.2023, 11:25
10 kunda iste`molchilar tomonidan 14 mlrd 898 mln so`mlik elektr va gaz o`g`irlandi

So`nggi 10 kunda ayrim iste`molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishlari natijasida davlat manfaatlariga 14 mlrd 898 mln so`mlik zarar etkazilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlik huzuridagi “O`zenergoinspeksiya”, Bosh prokuratura, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar, elektr hamda gaz ta`minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda noyabr oyida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida 1 ming 185 ta holatda iste`molchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Bunda 11 mlrd 338 mln so`mlik elektr energiyasi va 3 mlrd 560 mln so`mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga keltirilgan jami 14 mlrd 898 mln so`mlik zarar undirishga qaratildi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko`pi — Samarqand, Farg`ona va Andijon viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.

Qoidabuzar iste`molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1