Ostona ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi Qozog`iston sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Quandik Bishimbaevni ikki oyga hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar bergan.
“11 noyabr kuni Ostona shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi gumonlanuvchi Quandik Bishimboevga nisbatan ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llashga ruxsat berdi. Boshqa ma`lumotlar Qozog`iston Jinoyat-prosessual kodeksining 201-moddaga muvofiq oshkor etilmaydi", deyiladi xabarda.
Huquq-tartibot idoralari sobiq milliy iqtisodiyot vaziri nimada gumon qilinayotgani haqida hozircha xabar berilmadi.
Qozog`istonning qator OAVlari Bishimbaevning kaltaklanish oqibatida vafot etgan rafiqasi o`limiga aloqadorlikda qo`lga olingani haqida xabar berdi. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, Ostonadagi restoranlardan birida tashrif buyuruvchilar o`rtasida janjal kelib chiqqan, natijada ayol olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Kaktus Media xabar berishicha, Quandik Bishimbaev faoliyatining dastlabki yillarida mamlakat prezidenti – o`sha paytda Nursulton Nazarboevning yordamchisi bo`lib ishlagan. 2016 yilda Milliy iqtisodiyot vaziri lavozimida faoliyat olib borgan. 2017 yilda u korrupsiya bo`yicha qo`zg`atilgan jinoiy ish tufayli iste`foga chiqdi. 2018 yil mart oyida sud uni aybdor deb topib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 2019 yil oktyabr oyida Bishimbaev shartli ravishda ozod qilingan edi.
Ozodlikka chiqqanidan keyin Bishimbaev tadbirkorlik bilan shug`ullangan.






