Gepatit C ga qarshi preparatning navbatdagi, 18-partiyasi «Sofosbuvir-400mg», 5600 o`ramda Misrdan Toshkentga etib keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
O`zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko`ra, dori vositalari mamlakatimiz Sog`liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga yuborilgan. Ulardan mazkur tibbiyot muassasasida davolanayotgan bemorlar bepul foydalanadi.
Misr hukumati tomonidan O`zbekistonga hozirgacha etkazib berilgan 800 ming dona ushbu dori vositasi 133 ming bemorning davolanishiga bo`lgan ehtiyojni qondiradi.
Eslatib o`tamiz, mazkur gumanitar aksiya O`zbekiston Prezidentining 2023 yil 20-21 fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi va Misr Sog`liqni saqlash vazirligi bilan muzokaralar chog`ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Gumanitar yordam gepatit bilan kasallangan bemorlarni qo`llab-quvvatlash va ularni davlat hisobidan davolashga yordam beradi.






