AsosiyDunyo

Isroil Falastin bilan muzokaralar olib borgani haqida xabarlar tarqalmoqda

'Isroil Falastin bilan muzokaralar olib borgani haqida xabarlar tarqalmoqda'ning rasmi

Qo`shma Shtatlar va Qatar vositachiligida Isroil va HAMAS o`rtasida gumanitar sulh va asirlarni almashish bo`yicha kelishuvga erishish uchun intensiv aloqalar o`tkazildi. Bu haqda Isroilning KAN davlat telekanali xabar bergan.

Ma`lumotlarga ko`ra, muzokaralar chog`ida HAMAS kelishuvlarga G`azoga yoqilg`i olib kirishga ruxsat berishni talab qilgan.

Xuddi shunday xabar Isroilning 13-kanalida ham tarqatildi.

Ilgari Isroil hukumati garovga olingan isroilliklarni ozod qilish sharti bilan G`azo sektorida gumanitar pauza o`rnatishga ruxsat bergan edi.

    Boshqa yangiliklar