Indoneziyada prezidenti yangi ekologiya “mo``jizasi” — suvda qurilgan ulkan quyosh elektr stansiyasi —Chiratani ish boshladi. Uni mamlakat prezidenti Joko Vidodo tantanali ochib berdi.
G`arbiy Yava provinsiyasidagi ushbu stansiya 2,5 kvadrat kilometr yoki 250 gektar maydonga ega bo`lib, Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik suzuvchi quyosh elektr stansiyasi maqomini oldi.
Chirata suv omborida joylashgan elektr stansiyasi loyiha qiymati 145 mln dollarga teng bo`lib, Xitoyning PowerChina Huadong Engineering Corporation Limited, Indoneziyaning PLN hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyalari tomonidan qurildi. Yillik quvvati — 192 MVt, 50 mingta xonadonni elektr bilan ta`minlab, havoga karbonat angidrid ajralishini yiliga 214 ming tonnagacha kamaytiradi.
Chirata quvvatini 500 MVt gacha etkazish rejalashtirilmoqda.






