1

Samarqandda 560 mln so`mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi

Jinoyat 12.11.2023, 17:21
Samarqandda  560 mln so`mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi

Davlat soliq xizmati organlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlari Samarqand viloyatida ham o`tkazildi.  

Tadbirlar davomida Samarqand tumanida yashovchi fuqaro U.Z. xonadonida umumiy qiymati 560,2 mln so`mlik 5 turdagi 43 228 shisha qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari saqlanayotganligi aniqlandi va vaqtincha olib qo`yildi.  

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1