Isroil armiyasi G`azo sektoridagi Ash-Shati qochqinlar lageriga zarba berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, janglar davomida harbiylar hududdagi binolardan birida tinch aholi vakillari aniqlagan. Isroil armiyasi ularni evakuasiya qilganini, bu vaqtda “terrorchilar” harbiylarga qarata o`q uzishni boshlaganini ma`lum qildi.
“Evakuasiya yo`llarini himoya qilish uchun harbiylar o`q otish qurollari va tanklar bilan javob qaytardi”, — deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.
Shuningdek, Isroil armiyasi boshqa bir operasiyada uyda barrikada o`rnatilgan “terrorchilar yacheykasi”ni aniqlagani, hududga samolyot jo`natib, ularni o`ldirganini aytmoqda. Bino omboridan raketa uchirilgani aniqlaganidan so`ng, qiruvchi samolyot o`t ochish manbasiga zarba bergan, deyiladi xabarda.






