AsosiyJamiyat

O`zbekiston ingliz tilini "juda past darajada biladigan" mamlakatlar ro`yxatiga kiritildi

'O`zbekiston ingliz tilini "juda past darajada biladigan" mamlakatlar ro`yxatiga kiritildi'ning rasmi

EF Education First tomonidan o`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, O`zbekiston ingliz tilini "juda past darajada o`zlashtirgan" mamlakatlar qatoridan joy oldi. 

Tadqiqotda aytilishicha, 2023 yilgi reytingda O`zbekiston 113 ta mamlakat ichida 93-o`rinni egallagan va ingliz tilini bilish darajasi bo`yicha Falastin, Senegal va Kamerun kabi davlatlar orasidan joy olgan. 

Reytingda eng yaxshi ko`rsatkichni Niderlandiya, Singapur va Avstriya qayd etgan. Shuningdek, Daniya, Norvegiya, Shvesiya, Belgiya, Portugaliya, Janubiy Afrika, Germaniya, Xorvatiya va Gresiyada bu tilni bilish darajasi "juda yuqori" sifatida baholangan. 

Shaharlararo reytingda O`zbekiston poytaxti Toshkent shahri ham qayd etilgan bo`lib, ingliz tilini bilish darajasi "juda past" sifatida baholangan. "Juda yuqori" natija Amsterdam (Niderlandiya), Vena (Avstriya) va Kopenhagen (Daniya) shaharlarida kuzatilgan. 

O`zbekiston reytingda ishtirok etgan Osiyoning 23 ta davlati orasida 19-o`rinda bormoqda va Mo`g`uliston, Afg`oniston, Myanmar kabi davlatlardan past darajada turibdi. 

    Boshqa yangiliklar