"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda 21-23 m/s ga etishi mumkin. Harorat 22-27° iliq, shimolda 10-15° iliq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, Toshkent viloyatining ba`zi joylarida kuchli bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.






