Chang bo`ronlarini kamaytirish uchun Surxondaryo janubi Amudaryo qirg`og`iga har 300-500 metr oraliqda ulkan minoralar qurish, minoralarga suv purkagichlar o`rnatish va afg`on shamoli kelishidan 3-4 soat oldin havoga suv purkash ishlarini amalga oshirish taklifi berilgan.
Nature jurnalida chang bo`ron tabiati xaqidagi maqolada ulkan minoralardagi suv purkagichlar yordamida chang bo`roni kirib kelishidan oldin havoni namlantirilsa, yomg`ir yog`ishi mumkinligi keltirilgan. Shuningdek, havo quruqligidan nam havo oqimining mintaqaga kirib kelishida yomg`ir o`rniga ko`p hollarda xavfli chang bo`roniga aylanganiga guvoh bo`lish mumkinligi haqida yozilgan.
Shuningdek, maqolada chang-to`zon kirib kelishidan oldin tabiatda pastdan yuqoriga tortish kuchi ro`y berishi, suv purkash orqali suv pufakchalari yomg`ir yog`ish balandlik sathiga chiqib, suv bug`larini tomchiga aylanishi uchun sharoit yaratishi keltirilgan.
”Ishonavering, bu g`oya amalga oshsa va chang bo`ron kelishidan oldin avtomatik ishlab ketsa, chang bo`ron xavfini birmuncha kamaytirishga erishamiz”, – deyilgan xabarda.
Ushbu loyiha Gidrometeorologiya tashkilotida ham mavjud bo`lib, ularning bu g`oyani hududlarda qo`llash o`z samarasini berish yoki bermasligi bilan bog`liq savollarga javob olishda ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari olib borish kerak.
”Axir bu juda yirik loyiha hisoblanadi. Joylarda yashil fitomassani kengaytira olmasak, shu loyihaga qayta-qayta murojaat qilishimizga to`g`ri kelaveradi”, – deya qo`shimcha qilgan Erkin Adulahatov.






