Bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab ba`zi joylarga tuman tushadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Unga ko`r, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° iliq.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.






