AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Umra uchun ruxsat berilgan tashkilotlarning dastlabki ro`yxati e`lon qilindi

'O`zbekistonda Umra uchun ruxsat berilgan tashkilotlarning dastlabki ro`yxati e`lon qilindi'ning rasmi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 noyabridan "Umra" tadbirini tashkil etish bo`yicha yangi talablar kuchga kirdi.

Endilikda "Umra" tadbirlarini turoperatorlar tomonidan amalga oshirish uchun:

- "Umra" tadbirini tashkil etish va o`tkazishga oid turizm xizmatlarini ko`rsatmoqchi bo`lgan taqdirda, lisenziya talabgori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo`lmagan miqdordagi mablag`larni O`zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo`mitasining Xavfsiz turizm jamg`armasi uchun ochilgan quyida keltirilgan bank rekvizitiga zaxira qilinganligi haqidagi ma`lumot;

- "Umra" tadbirini tashkil etish va o`tkazish xizmatlarini ko`rsatish uchun qo`shimcha ravishda diniy (islomiy) ta`lim yo`nalishlari bo`yicha ta`lim muassasasi yoki O`zbekiston xalqaro islom akademiyasining «Dinshunoslik», «Islomshunoslik», “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” ta`lim yo`nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo`lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi to`g`risidagi ma`lumotga ega bo`lishi lozim.

Turizm qo`mitasining xabar qilishicha, Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan (lisenziyaga ega) turoperatorlarning dastlabki ro`yxati e`lon qilindi.

 Ro`yxat bilan bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://umra.uzbektourism.uz/uz/umrahratings.

    Boshqa yangiliklar