Google ning yangi “GraphCast” neyron tarmog`i ob-havoni sinoptiklarga qaraganda tezroq va aniqroq bashorat qiladi. Bu haqda "Science" jurnalida chop etilgan tadqiqot aytilgan.
Unga ko`ra, Buyuk Britaniyada joylashgan “Google "ga tegishli “Deepmind” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan neyron tarmoq birinchi marta Evropaning o`rta muddatli prognozlash markazi tomonidan boshqariladigan an`anaviy ob-havo prognozlaridan ustun keldi.
Tadqiqotda aytilishicha, sun`iy intellekt bir daqiqadan kamroq vaqt ichida 10 kun oldin aniq prognozni yaratadi. Bu ob-havo prognozidagi sifatli yutuq hisoblanadi.
“Deepmind” tadqiqot bo`yicha vise-prezidenti Koli Pushmitning so`zlariga ko`ra, ob-havoni aniq prognozlash insoniyat uzoq vaqt davomida ishlagan eng qiyin muammolardan biridir.
“Agar so`nggi bir necha yil ichida sodir bo`lgan iqlim o`zgarishlariga qarasak, prognoz qilish juda muhim vazifaga aylanadi”, deydi u.
Loyiha ishlab chiquvchilari “GraphCast" neyron tarmog`i joriy yil boshida Shimoliy Amerikani qamrab olgan “Li” to`foni an`anaviy prognozlardan uch kun oldin qaerga to`g`ri kelishini bashorat qilganda o`z samaradorligini isbotlaganini ta`kidladi. Bundan tashqari, ob-havo prognozi uchun neyron tarmoqdan foydalanish kuchli va qimmat superkompyuterlardan foydalanmasdan ishlaydigan ancha arzon usuldir.