AsosiyJamiyat

Prezident ayrim vazirliklarga berilgan er va binolar kadastri qoniqarsizligi haqida gapirdi

'Prezident ayrim vazirliklarga berilgan er va binolar kadastri qoniqarsizligi haqida gapirdi'ning rasmi

Suv havzalarini, kanal va kollektor atrofidagi bo`sh erlarni aholi va tadbirkorlarga berish bo`yicha qaror qabul qilingan.

Lekin, er balansida suv fondi erlarining bor-yo`g`i 0,3 foizi ekin eri sifatida ko`rsatilgan. Bu haqiqiy ahvoldan yiroqligi, zero suv xo`jaligida erlarning aksariyatida egalik hujjati mavjud emasligi ko`rsatib o`tildi.

Aslida, suv fondi erlaridan qo`shimcha iqtisodiy samara olishning birdan bir yo`li – ularni to`liq kadastrdan o`tkazish. Bu ish o`rniga ham, oziq-ovqat uchun ham qo`shimcha zaxira bo`ladi. 

Mutasaddilarga suv fondi erlarini tartibga solish bo`yicha tegishli topshiriqlar berildi. 

Hokimlarga suv fondi kadastri qachon to`liq bo`ladi, deb kutib o`tirmasdan, hujjati tayyor bo`lgan bo`sh erlarni aholiga eksportbop ekin ekish uchun bo`lib berish topshirildi.

Shuningdek, yig`ilishda yo`l xo`jaligida ham shu ahvol ekani ta`kidlandi. Ko`pgina ichki yo`llar va unga tutash erlarning hujjati yo`qligi bilan bog`liq muammolar ko`rsatib o`tildi. 

Kelgusi yilda “Tashabbusli byudjet” va “Mening yo`lim” loyihalariga ajratiladigan mablag`lar hisobidan ta`mirlanadigan ichki yo`llarni loyihalashda ularga kadastr hujjatini tayyorlashni ham nazarda tutish topshirildi.

Ayrim vazirliklarga berilgan er va binolar kadastri ham qoniqarsizligi qayd etildi. Ba`zi ob`ektlarning egalik hujjati yo`qligi aniqlangan. Ushbu erlarning hujjati yo`qligi sababli talon-toroj qilingan holatlar mavjud.

Vazirliklarga o`zlariga qarashli barcha er va binolarni hujjatlashtirishni yakuniga etkazish, Bosh prokuraturaga ushbu ishlarning qat`iy nazoratini yo`lga qo`yish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar