AsosiySport
4201

EChL. “Real” sensasion natija qayd etdi, “Borussiya D” g`alaba qozondi va pley-offga chiqdi

Evropa chempionlar ligasi “F” guruhi 4-turida Varshavaning “Legiya” jamoasi o`z maydonida “Real Madrid” futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda 3:3 hisobidagi durang qayd etildi.

Madridliklar 2:0 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, varshavaliklar avval hisobni tenglashtirishga, keyin esa hisobda oldinga chiqib olishga ham muvaffaq bo`lgandi. Ammo Kovachichning 85-daqiqadagi goli “Real”ni mag`lubiyatdan saqladi.

Guruhning ikkinchi o`yinida “Borussiya D” o`z maydonida “Sporting” futbolchilari bilan to`qnashdi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Ramos tomonidan kiritilgan gol “Borussiya D”ga g`alaba va EChL pley-off yo`llanmasini olib keldi.

EChL. “F guruhi, 4-tur

Legiya Polsha – Real Madrid Ispaniya 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 1 Beyl, 0:2 – 35 Benzema, 1:2 – 40 Ojija-Ofoe, 2:2 – 58 Radovich, 3:2 – 83 Mulen, 3:3 – 85 Kovachich.
Legiya – Malyaj, Bereshinski, Jeznichak, Pazdan, Gloushek, Kopchinski, Mulen, Gilerme, Odjidja-Ofoe (Yodloves, 87), Radovich (Priyovich, 77), Nikolich (Kuxarchik, 69).
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Varan, Nacho, Koentrau (Asensio, 77), Beyl, Kovachich, Kroos, Morata (Dias, 85), Benzema (Vaskes, 65), Ronaldu.

Borussiya D Germaniya – Sporting Portugaliya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 12 Ramos.
Borussiya D – Byurki, Ginter, Papastatopulos, Bartra, Gerreyru, Vaygl, Pulishich, Getse (Rode, 69), Kastro (Pishchek, 69), Dembele (Shyurrle, 46), Ramos.
Sporting – Ruy Patrisiu, Paulu Oliveyra, Koates, Ruben Semedu, Skelotto, Vilyam Karvalyu, Bruno Sezar (Adrien Silva, 58), Zegelar, Jelson Martinsh, Kastaynos (Dost, 46), Ruis (Markovich, 78).
Ogohlantirishlar: Ruben Semedu (11), Kastaynos (20), Gerreyru (65), Zegelar (75).

Boshqa yangiliklar