AsosiyJamiyat

Germaniyada dual ta`lim orqali ishga joylashishni istaganlar uchun imkoniyat berilmoqda

'Germaniyada dual ta`lim orqali ishga joylashishni istaganlar uchun imkoniyat berilmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Germaniyaning “CBZ München GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlikka muvofiq Germaniyaga Ausbildung orqali ishga jalb qilish maqsadida Toshkent va Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida nemis tilini o`qitish dasturi ishlab chiqildi.  

Germaniyada dual ta`lim tizimi uchun begilangan sohalar:

1.Oziq-ovqat kasblari (novvoy, qandolatchi, qassob);

2. Hunarmandchilik palatasi sektoridagi metalga ishlov berish kasblari;

3. Quyosh elektr energiya, isitish, santexnika;  

4. Qurilish sektori (g`isht teruvchilar, betonchilar, bo`yoqchilar va duradgorlar);  

5. Mexatronika muhandisi.  

️Nomzodlar uchun talablar:

  • Umumta`lim maktabini tugatgan shahodatnomaga ega bo`lishi;
  • Nemis tilini B1-B2 darajagacha o`rganishga ishtiyoq va saloyihat;
  • 18-30 yoshgacha bo`lishi;
  • Kelajakda yuqorida ko`rsatilgan kasblar bo`yicha o`qish va ishlashga qiziqish hamda layoqat;
  • Toshkent yoki Samarqand shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida dastur davomida o`qish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
  • nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi (haftada 5 kun soat 9:00 dan 17:00 gacha kurs);
  • Gyote instituti, ECL yoki ÖsD imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi;
  • sudlanmagan bo`lishi;
  • jismonan sog`lom bo`lishi;

 

Loyihada ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

  • texnik jihozlangan o`quv xonasi;
  • bepul o`qituvchi va o`quv materiallari;
  • imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tib tegishli til sertifikatini olgan qatnashuvchilarning viza  hujjatlarida ko`mak;
  • Germaniyaga Ausbildung tizimiga yuborilgan kurs ishtirokchilarining o`qish hamda mehnat sharoitlari Germaniya standartlari asosida (2-3 yillik dual ta`lim jarayonida belgilangan stipendiya 950 – 1250 evrogacha) va butun dual tizim davomida doimiy qo`llab-quvvatlash va o`qishdan keyin doimiy ish.

 

Eslatma: Toshkent va Samarqand shahridagi nemis tili kurslariga 2023 yil 11 dekabrdan start beriladi! 

    Boshqa yangiliklar