29 noyabrdan boshlab Uzbekistan Uzbekistan Airwaysdan Sankt-Peterburgga parvozlar sonini oshirmoqda. Bu haqda Milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, endilikda reyslar nafaqat seshanba, juma va yakshanba kunlari, balki chorshanba kunlari ham amalga oshiriladi.
HY637/638 reysi 2023 yilning 29 noyabridan chorshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq bajariladi:
Urganchdan jo`nab ketish soat 11:30 da, Urganch vaqti bilan;
Sankt-Peterburgga etib kelish soat 14:10 da, Sankt-Peterburg vaqti bilan;
Sankt-Peterburgdan jo`nab ketish soat 15:40 da, Sankt-Peterburg vaqti bilan;
Urganchga etib kelish soat 22:00 da, Urganch vaqti bilan.






