AsosiyJamiyat

Jalaquduq tumanida 44 ta xonadonga imtiyozli narxda ko`mir ajratishni va`da qilgan hokim yordamchisi qo`lga tushdi

'Jalaquduq tumanida 44 ta xonadonga imtiyozli narxda ko`mir ajratishni va`da qilgan hokim yordamchisi qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda Jalaquduq tumani hokimi yordamchisi D.I. kuz-qish mavsumida ko`mir yonilg`isi etkazib berilishini nazorat qilish va xavfsizligini ta`minlash bo`yicha ishchi guruh a`zosi sifatida tuman ko`mir omboriga nazorat uchun mas`ul etib biriktirilganligidan foydalanib, hududdagi 44 ta xonadon uchun 38,1 tonna ko`mirni imtiyozli narxda ajratib berishi evaziga “U.K.” MFY faoli M.A.dan 600 AQSh dollari pora talab qilib, ushbu pullar hisobidan 7 mln so`mni ko`mir ombori hududida o`zining boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasida  olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar