Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida qizamiqqa chalingan bolalar soni keskin oshib ketayotganligi to`g`risidagi ma`lumotlar tarqaldi. Ushbu ma`lumotlar to`g`risida qo`mita daakchi.uz'ga quyidagilarni ma`lum qildi:
"Viloyatda Qizamik kasalligi bilan gumon qilingan bemorlarni stasionar davolash uchun 340 shifo o`rin tashkil etilgan, bundan 240 shifo-o`rni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida, 100 shifo o`rni viloyatning Beshkapa bolalar sihatgohida tashkil etilgan.
Shundan, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 240 o`rinda 235 ta davolanmokda, 5 shifo-o`rni zaxirasi mavjud, Beshkapa bolalar sihatgoxida 100 o`rinda 2 yoshdan yuqori bemorlardan 20 nafari davolanmokda, 80 shifo-o`rni zaxirasi mavjud. Xozirgi kunda, viloyatda jami 85 shifo-o`rni zaxirasi bor, 285 ta bemordan 62%i 1 yoshgacha bolalar, 25%i 1-3 yoshdagi bolalar. Bugungi kunda viloyatda diagnostikum, reagent va vaksinalar etarlik miqdorda zahirasi yaratilgan.
Viloyatga 9500 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi berilgan bo`lib, jami 1936 nafar bolalar epidemiologik ko`rsatma asosida qizamiq kasalligiga qarshi vaksina bilan emlangan. Hozirda davolash profilaktika muassasalari emlash xonalarida 310 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi zaxirasi mavjud.
2023 yil 10 oyi davomida viloyat bo`yicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan.
Ma`lumot o`rnida shuni alohida ta`kidlash lozimki, joriy yilning noyabr oyida O`zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan 3 mln. doza qizamiqqa qarshi vaksinalar xarid qilindi. Ushbu vaksinalar epid ko`rsatma bo`yicha emlanadigan qatlam, ma`lum sabablarga ko`ra emlashdan qolib ketgan bolalar hamda xavf guruhiga kiruvchi, qizamiq kasali bo`lgan bemor bilan muloqotda bo`lgan 6 oydan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarni emlash uchun mo`ljallangan, va ayni vaqtda hududlarga tarqatilmoqda.
25.11.2023 14:13
Namanganda qizamiq avj olib, shifoxonalarda joy etishmayaptimi? Darakchi.uz mas`ullardan izoh oldi






