AsosiyJamiyat

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi

'Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Sherzod Bo`riev 28 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahriga hokim etib tayinlandi. 

Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sherzod Bo`riev 1982 yilda Shahrisabz tumanida  tug`ilgan. U Qarshi davlat universiteti va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.

Tayinlovga qadar u Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar