1

JSST eksperti: Xitoyda noodatiy yoki noma`lum virus o`choqlari aniqlangani yo`q

Salomatlik 28.11.2023, 17:10
JSST eksperti: Xitoyda noodatiy yoki noma`lum virus o`choqlari aniqlangani yo`q

So`nggi haftalarda Xitoyda noma`lum virus tufayli bolalar o`rtasida zotiljam (pnevmoniya) kasalligiga chalinish holatlari keskin ko`paygani haqida xabarlar tarqalayotgandi. 

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Xitoy Milliy sog`liqni saqlash komissiyasiga rasmiy so`rov yo`lladi.

JSSTning mas`ul vakili Mariya Van Kerxove xastalik o`choqlari yuzasidan taqdim etilgan ma`lumotlarni tahlil qilar ekan, Xitoyda bolalar o`rtasida pnevmoniya bilan kasallanish holatlari ko`payishiga sabab bo`lgan noodatiy yoki yangi patogenlar aniqlanmaganini ta`kidladi.

Mutaxassis xulosasiga ko`ra, nafas olish yo`llari xastaliklari ko`payishi mamlakatda COVID-19 cheklovlari bekor qilinishi hamda mavjud infeksiyalarning mavsumiy qo`zg`alishi bilan bog`liq. 

Shunga qaramay, hozirgi epidemiya 2018-2019 yillardagi singari o`tkir bosqichda emas. O`z navbatida, yangi turdagi virus o`choqlari paydo bo`lishiga aloqador alomatlar qayd etilgani yo`q.

Xitoy Milliy sog`liqni saqlash komissiyasi vakili Mi Fenning bayonoti ham shu mazmunda bo`ldi. Qayd etilishicha, mamlakatda o`tkir respirator kasalliklarning kuchayishi bir vaqtning o`zida bir necha turdagi patogenlar sirkulyasiyasi bilan bog`liq. Ular orasida asosiysi grippdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1