1

Minsklik shifokorlar O`zbekistonda transplantasiya amaliyotlarini o`tkazadi

Salomatlik 28.11.2023, 22:29
Minsklik shifokorlar O`zbekistonda transplantasiya amaliyotlarini o`tkazadi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi tizim mas`ullaridan iborat delegasiyaning Belarus Respublikasiga tashrif doirasida Minsk xirurgiya, transplantasiya va gemotologiya ilmiy-amaliy markazi bo`ldi.  

Vazir ushbu tibbiyot muassasa rahbariyati bilan o`tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

 Xususan, o`zaro mutaxassislar almashinuvini yo`lga qo`yish, bilim va tajriba almashish, shu jumladan ikki mamlakatning turli hududlarida jigar, buyrak transplantasiyasi kabi qo`shma yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarish bo`yicha qator kelishuvlarga erishilgan.

 Muassasa 965 ta o`ringa mo`ljallangan bo`lib, bu erda 12 ta klinik bo`lim va qator universitetlar kafedralari faoliyat yuritadi. Qolaversa, markazda kindik qoni o`zak hujayralari, kardiojarrohlikda qo`llash uchun klapan allograftlari banklari tashkil etilgan.

Ma`lum qilinishicha, Minsk xirurgiya, transplantasiya va gemotologiya ilmiy-amaliy markazida qator innovasion muolaja usullari ham yo`lga qo`yilgan. Jumladan, mazkur tibbiyot muassasasida jigar transplantantini tayyorlashning kompleks usuli ishlab chiqilgan bo`lib, operasiyadan keyin asoratlar kelib chiqish xavfini bir necha barobarga kamaytirish imkonini berdi.  

Shuningdek, bu erda Xodjkin limfomasining rezistent shakllari yoki residiviga chalingan bemorlarni gemopoetik o`zak hujayrlarinining tandem autologik transplantasiyasi asosida davolash usuli joriy etilgan.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1