AsosiyJamiyat

UzAuto Motors ommabop avtomobillarning onlayn sotuvi bo`yicha modernizasiya va kengaytirish ishlarini amalga oshiradi

'UzAuto Motors ommabop avtomobillarning onlayn sotuvi bo`yicha modernizasiya va kengaytirish ishlarini amalga oshiradi'ning rasmi

Joriy yilning avgust oyidan boshlab UzAuto Motors avtomobillar uchun navbatni kamaytirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qabul qilgan edi. Bu ishlab chiqarish hajmini oshirish, shuningdek, avtomobillarni ishlab chiqarish jadvali asosida sotish navbatlarni 3 barobarga, kutish muddatini esa o`rtacha 1-3 oyga qisqartirish imkonini berdi.

Ammo kutish muddatlari bilan bog`liq muammolarni bartaraf etish bo`yicha qilingan echimlar, dilerlik markazlarida ommaviy avtomobillar uchun shartnomalarni olishdagi keskinlikni kamaytirmadi, bu esa haqli ravishda iste`molchilarning noroziligini keltirib chiqarishga sabab bo`lmoqda.
Bundan avvalgi kontraktasiyada, dasturiy ta`minotda yuqori yuklanish tufayli yuzaga kelgan texnik nosozliklar uni sezilarli darajada yangilash zarurligini ko`rsatdi.

Shu munosabat bilan, "UzAuto Motors" kompaniyasi Axborot va kommunikasiyalar vazirligi bilan hamkorlikda "UzAvtoSavdo" tizimini modernizasiya ishlari amalga oshirilib, tizimning texnik jihozlanishini kuchaytirish bo`yicha samarali ishlar qilinmoqda, bu esa uning yuqori tezlikda yuklanishlarni to`g`ri ishlashini ta`minlaydi.

Onlayn sotuv bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarning yakunlanishi va onlayn savdoga to`liq o`tish vaqtini "UzAuto Motors" o`zining barcha rasmiy kanallarida qo`shimcha ravishda e`lon qiladi. Ayni paytda xaridorlar "UzAvtoSavdo" ilovasini ((iOS/Android) o`rnatishlari va keyingi avtomobil xaridlari uchun "UzAuto Motors" savdo tizimida (savdo.uzavtosanoat.uz) ro`yxatdan o`tishlari mumkin.

Shuningdek, modernizasiya doirasida onlayn-savdo tizimida texnik ishlar olib borilayotganini ma`lum qilamiz. Shu bois, joriy yilning 1 dekabr kuni soat 08:00 dan 24:00 gacha "UzAvtoSavdo" tizimi vaqtincha ishlamaydi. Kompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun mijozlardan uzr so`raydi va ularning tushunishino so`rab qolamiz.

Eslatib o`tamiz, avtomobilni onlayn xarid qilish bo`yicha shartnoma tuzish uchun mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:

1.          OneID tizimidan ro`yxatdan o`tish;
2.          Telefonga "UzAutoSavdo" ilovasini yuklab olish ((iOS/Android), savdo.uzavtosanoat.uz. saytiga kirishi kerak;
3.          OneIDdagi parol yoki login yordamida sayt/ilovadan ro`yxatdan o`tish;
4.          Avtomobil modeli, rangi va komplektasiyasi hamda ma`qul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda, shartnoma tuzish kerak bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar