AsosiyJamiyat

Vazirlik o`quvchining o`limidan so`ng maktablardagi xavfsizlik holatini o`rganishga kirishdi

'Vazirlik o`quvchining o`limidan so`ng maktablardagi xavfsizlik holatini o`rganishga kirishdi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, 27 noyabr  kuni taxminan  soat 18.15da Toshkentdagi 99-sonli umumta`lim maktabi  8-sinf o`quvchisi vafot etdi. Uning o`limiga tok urgani sabab bo`lgani haqidagi xabarlar Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi tomonidan rad etildi. 

Boshqarmaning rasmiy bayonotidan hech qancha vaqt o`tmay Bosh prokuratura bolaning o`limi elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaxarlanish, o`tkir nafas yurak-qon tomir etishmovchiligi, bosh miya va o`pka shishi, chap qo`l kaft sohasi elektr tamg`asi natijasida yuz berganligini haqida xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, o`quvchining o`limidan so`ng Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi esa tizimdagi mavjud ta`lim muassasalari hududida joylashgan elektr taqsimlovchi punkt, transformatorlar soni, balansda saqlovchisi, ularning xavfsizlik talablari hamda texnik holati bo`yicha o`rganish ishlarini olib bormoqda. 

Qayd etilishicha, vazirlik hududiy bo`linmalari va tegishli mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda elektr taqsimlovchi punktlarning barcha zarur xatlov ishlari tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar