Turkiyada 49 nafar fohishalik bilan shug`ullanib kelayotgan o`zbekistonlik ayollar qo`lga olingan.
Reyd davomida 61 nafar ayol fohishalik bilan shug`ullanib kelayotgani, ularning 8 nafari Ozarbayjon, 49 nafari O`zbekiston va 4 nafari Turkmaniston fuqarolari ekani aniqlangan. Ushbu ayollarni sotish orqali intim xizmatlarni tashkil etishga esa yana bir o`zbekistonlik Z.K. (ayol) boshchilik qilgan.
Fohishalik bilan shug`ullangan ayollar majburiy tibbiy ko`rikdan o`tkazilganda 61 nafaridan 4 nafarida OITS kasalligi aniqlangan .
Fohishalik xizmatini ancha rivojlantirib olgan to`daning hisob kitoblar yozilgan "qora daftari" polisiya qo`liga tushib qolgan. Bu daftarda ayollar xizmat qilgan 1000 dan ortiq turklarning ro`yxati borligi aytilmoqda, ichida Sakarya, Karasu va Istanbuldan ham erkaklar bor.
Polisiya hozirda OITS bilan kasallangan bo`lishi mumkinligi haqidagi sovuq xabarni etkazib qo`yish uchun ro`yxatni o`rganmoqda.